“2023-yilning 19-fevraliga qadar TBMV tumanlari, Hisor tizmasi tog'larida, shuningdek, Dushanbe – Xo'jand, Dushanbe – Rasht – Laxsh, Xorug'-Murg'ob, Dushanbe – Xorug', Xorug' – Ishkashim avtomobil yo'llarida kuchli yog'ingarchilik, qor ko'chkisi va tosh tushish xavfi saqlanib qoladi”, deyiladi xabarda.
Dushanbe-Varzob avtomobil yo'lida to'rtta avtomobil qor ostida qolgan. Qutqaruvchilar haydovchi va yo'lovchilarni qutqarib qolishga muvaffaq bo'ldi, biroq bir kishi halok bo'ldi.
Vanj tumanida kuchli qor yog'ishidan so'ng qor ko'chkisi tushib, bir kishi halok bo'ldi. Uning jasadi mahalliy aholi tomonidan topilib, oilasiga topshirildi. Xorug' shahrida sodir bo'lgan voqea munosabati bilan 22 ta turar-joy binosi zarar ko'rgan.
Bundan tashqari, sakkiz nafar mahalliy aholi ham tabiiy ofat qurboniga aylandi. Qutqaruvchilar qor ko'chkisi ostidan to'qqiz kishini tiriklayin olib chiqishga muvaffaq bo'ldi.
Qo'mita Dushanbe-Xorug'-Murg'ob avtomobil yo'lidagi keskin vaziyat haqida ogohlantirdi. Favqulodda yordam guruhi kechayu kunduz ishlayotgani ta'kidlandi. Favqulodda vaziyatlar komissiyasi markaziy apparati mutaxassislari TBMVga jo'nab ketishdi. Aholi sayohatga chiqmaslik va hushyor bo'lishga chaqirildi, deyiladi m24.ru saytida.