Alisher Navoiy bobomizning bundan besh yarim asr avval aytgan fikrlari hayotda o'z amaliy tasdig'ini topib bormoqda. Oftob nurlari Er yuziga hayot baxsh etgani holda, uning nurlari innovatsion texnologiyalar asosida aholi xonadonlari, ijtimoiy inshootlar va ishlab chiqarish quvvatlari, ya'ni insoniyat qo'li bilan yaratilgan mulklarni charog'on qilyapti, ularni ekologik toza energiya bilan ta'minlayapti.
O'tgan yili mustaqillik ayyomi arafasida Prezidentimiz Navoiy viloyatining Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo'lgan fotoelektr stantsiyani ishga tushirilishiga start berdi. Surxondaryo viloyatining SHerobod tumanida quyosh, Qoraqalpog'istonning janubiy hududida barpo etiladigan shamol elektr stantsiyalari qurilishi poydevoriga ta'mal toshi qo'ydi...
NUROBODNING YANGI “QUYOSHI”
Nurobod tumani hududining aksar qismi yassitog'lik, tekislik, adir va qirlardan iborat, uning keng yaylovlari Qarnob cho'liga tutashib ketgan. Ko'klam seryog'in kelsa, qiru adirlarni yantoq, shuvoq, karrak, oqquray, qo'ziquloq kabi o't-o'lanlar qoplaydi. CHorvadorlarning qozoni moyga to'ladi. Bahor qurg'oqchil bo'lsa, jizg'anak kengliklarda sarob o'ynaydi. Xullas, nurobodliklar tili bilan aytganda, osmonga qaragan yurt.
Tuman nomi er osti nodir ma'danlariga yoki kechalari yorqin yulduzlarga to'lib ketadigan osmoniga menzabmi, umaaman olganda, nima uchun shunday qarorga kelinganidan qat'i nazar, kelajakni o'ylab qo'yilgani endilikda yaqqol namoyon bo'lyapti. Tez orada bu erda quyosh nurini elektr quvvatiga aylantirib beradigan yirik fotoelektr stantsiyasi ishga tushadi.
— Ushbu stantsiya qurilishi Prezidentimizning 2018 yil oktyabr` oyida Frantsiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog'ida imzolangan loyihalardan biri bo'lgan edi, — deydi energetika vazirligi boshqarma boshlig'i Abdullajon Otaboev. — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 2019 yil 13 sentyabrda bo'lib o'tgan tadbirda ushbu loyihaga rasman asos solinib, energetika vazirligi ishtirokida “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati va Frantsiyaning “TOTAL Eren” kompaniyasi o'rtasida umumiy quvvati 100 MVt bo'lgan fotoelektr stantsiyasi qurish va ekspluatatsiya qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Prezidentimizning 2020 yil 13 maydagi “Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo'lgan fotoelektrik stantsiyani qurish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bu loyihani hayotga samarali tatbiq etishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda Loyihaning umumiy qiymati 100 million dollarni tashkil etadi va u Frantsiyaning “Total Eren SA” kompaniyasi tomonidan 100 foiz to'g'ridan-to'g'ri investitsiya mablag'i hisobiga moliyalashtiriladi.
Loyiha bo'yicha “O'zbekiston miliy elektr tarmoqlari” AJga yuklatilgan vazifalar, jumladan, kirish yo'llarini qurish, er maydonini tekislash va to'siqlar bilan o'rab chiqish ishlarini olib bordi. Ishlab chiqarilgan quvvatni mamlakatimiz elektr ta'minoti umumtizimiga ulash va qabul qilish bilan bog'liq jarayonlar ham nihoyasiga etkazildi.
— Stantsiya 353 gektar er maydonida barpo etilyapti, bu erda o'rnatiladigan quyosh panellarining umumiy soni 295 mingdan ortiqni tashkil qiladi, — deydi energetika vazirligi matbuot xizmati xodimi Obidjon Dilmurodov. — Uning hududida barcha infratuzilma ishlari amalga oshirilgan, hozirgi vaqtda quyosh panellarini o'rnatish ishlari nihoyasiga etkazilmoqda.
elektr stantsiya oradan ko'p o'tmay, ya'ni aprel` oyida ishga tushgach, yiliga 260 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 80 mingdan ortiq xonadonni elektr quvvati bilan ta'minlaydi. YAna bir ahamiyatli tomoni, stantsiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi, atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilarning chiqishini oldi olinadi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan respublikadagi mavjud barcha aholi xonadonlarini bir kun davomida tabiiy gaz bilan ta'minlash mumkin.
Mazkur stantsiya O'zbekiston tarixida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr quvvati ishlab chiqaradigan ikkinchi eng yirik quyosh fotoelektr stantsiyasi hisoblanib, aynan ushbu quvvatdagi birinchi quyosh fotoelektr stantsiyasi 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida ishga tushirilganligini yuqorida qayd etgan edik.
2023 yil yakuniga qadar Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 megavatt bo'lgan viloyatdagi ikkinchi yirik quyosh fotoelektr stantsiyasi ishga tushirilishi mo'ljallanmoqda.
ORZULARNI RO'YOBGA CHIQARAYOTGAN LOYIHALAR
Quyosh, shamol, gidro, bio va boshqa energetika manbalari haqida gap borganda, qayta tiklanuvchi, yashil, muqobil energiya degan atamalarning qo'llanilishi bejiz emas. Tadqiqotchilarning aniqlik kiritishicha, “yashil energiya”ning asosida Er yuzidagi hayot manbai bo'lgan Quyosh yotibdi. SHamol ham, suvning tabiatda erkin aylanishi va boshqa iqlim sharoiti bilan bog'liq jarayonlarning barchasi gallaktikamiz markaziy sayyorasining faolligi hisobiga amalga oshadi. U qayta ishlangani uchun “qayta tiklanuvchi”, ekologiyaga deyarli zarari bo'lmagani uchun “yashil energiya” deb ta'riflanadi. Hozirgi kunda Er yuzida, shu jumladan, O'zbekistonda ham elektr energiyasi ishlab chiqarish neft` va tabiiy gaz evaziga hosil bo'lgani uchun unga “muqobil” maqomi berilgan.
YUrtimiz quyoshga yuz tutgan va yilining 320 kunida oftob porlab turadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, O'zbekistonda quyosh stantsiyalarini qurish orqali jami 600 milliard kiloVatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu respublikamizning bugungi kunda energiyaga bo'lgan jami ehtiyojidan 8 barobar ko'p degani.
Agar bunga 1 trillion KVt soatgacha bo'lgan shamol, 21 milliard KVt.soatdan ortiq gidroenergetika, 6 milliard kub metr hajmdagi biomassa va hali quvvati to'liq aniqlanmagan vodorod qo'shilsa, muqobil energetikaning salohiyati nechog'liq ulkanligi haqidagi tasavvurlarimiz yanada boyiydi.
Biroq, yaqin-yaqinlargacha mamlakatimimz “yashil” energetika imkoniyatlari haqida gap borganda, ana shunday kattadan katta raqamlar keltirilar edi-yu, amaliy ishlarga kelganda, ko'nglilni g'ururga to'ddiradigan misolni topish dargumon, yanada aniqrog'i, orzuyu armon edi.
SHukrkim, bundan besh yil avval muqobil energiyani rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan hujjatlar bahor chechaklari kabi dillarni quvontira boshladi. Prezidentimizning 2017 yil 26 maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida”gi qaroriiga binoan, 2025 yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hissasini bir yarim barobarga oshirish nazarda tutilgan edi. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 22 avgustdagi qaroriga asosan esa, yurtimizda 2030 yilga borib muqobil energiya manbalarining elektr quvvati ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushini 25 foizga etkazilishi belgilab berildi.
Davr shiddat bilan o'zgarib boryapti. Islohotlar kutilganidan tez o'z samara beryapti. Keyingi paytda amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan loyihalar ko'lami bu maqsadlarga erishish muddatini yanada qisqartirish mumkinligini ko'rsatmoqda. CHunki, kecha xayoliy orzu bo'lib tuyulgan quyosh va shamol elektr stantsiyalarini barpo etish ishlari hayratomuz darajada jadallashib bormoqda.
—Taraqqiyot strategiyasiga asosan, 2026 yilga borib yurtimizda quyosh va shamol elektr stantsiyalari quvvati 8000 MVtga etkaziladi, — deydi Abdullajon Otaboev. — Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushining ana shunday miqdorga chiqishi evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gaz tejashni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi. Unga ko'ra, quyosh elektr stantsiyalarining umumiy quvvati 4000 MVtga etadi.
Bu yo'nalishdagi ikkita loyiha bo'yicha Surxondaryo viloyatining SHerobod tumanida qurilish ishlari davom etyapti. Bu erda dastlabki bosqichda kamida 200 MVt. o'zgaruvchan tok quvvatiga ega quyosh elektr stantsiyasi, shu jumladan, yangi 220 kVt kuchlanishli podstantsiya va “Surxon – 500 kV” podstantsiyasiga ulanish uchun jami uzunligi 52 kilometrlik elektr uzatish tarmog'i tortiladi.
SHeroboddagi ikkinchi loyiha 300 MVt quvvatga ega fotoelektr stantsiyasini qurishni va 2024 yilga qadar birinchi stantsiyaga yaqin joyda ish boshlashini ko'zda tutadi.
Yillik ishlab chiqarish 1,1 milliard kVt. soatdan ortiq bo'lgan 500 MVt quvvatga ega bo'lgan 2 ta FeS hududdagi yillik elektr energiyasi iste'molining taxminan 30 foizini ta'minlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Surxondaryo viloyatida o'rtacha yillik elektr energiyasi iste'moli 3,2 milliard kVt. soatni tashkil etadi.
Taraqqiyot strategiyasida belgilangan rejaga muvofiq, 2023 yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt bo'lgan 4 ta, 2024 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg'ona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt bo'lgan 5 ta, 2025-2026 yillarda respublika bo'yicha jami quvvati 1 800 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stantsiyalari ishga tushiriladi.
SHu o'rinda muhim bir jihatga e'tibor qaratish joiz bo'ladi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida amalga oshirilayotgan yirik loyilarning hech biri davlat kafolatlari taqdim etilishini nazarda tutmaydi. Bu, o'z navbatida, sohaning liberallashuviga va davlat-xususiy sherikchiligining vujudga kelishiga imkoniyat yaratyapti. Xorijiy sarmoyadorlar amalga oshirayotgan loyihalar va kiritayotgan takliflar esa energetika bozorining yirik ishtirokchilarida mamlakatimizda ishlashga bo'lgan qiziqish toboro ortib borayotganini, buning uchun qulay investiyaviy muhit yuzaga kelganini ham yaqqol ko'rsatib turibdi.
Prezidentimiz ikki kun oldin Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan o'tkazgan yig'ilishda ta'kidlanganidek, mazkur anjuman mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan istiqbolli loyihalarning taqdimot platformasi bo'lib xizmat qiladi Muqobil energetika tizimida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va jozibador yo'nalishlar mamlakatimizning xalqaro biznes hamjamiyatiga ochiqligini namoyish etish, mazkur tarmoqning investitsion salohiyatini ko'rsatish uchun ibratga molik amaliy tajriba bo'ladi.
Abdurauf QORJOVOV,
iqtisodiy sharhlovchi