Uning soʻzlariga koʻra, toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasining tantanali ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek 8 ta sport turi bahslarini bevosita tomosha qilish uchun muxlislar oʻrtasida shu paytgacha sotilgan biletlar oʻrtasida lotereya oʻyini oʻtkaziladi.
Tashkiliy qoʻmita maʼlumotida aytilishicha, shu paytgacha olimpiya oʻyinlariga sotilgan 4,48 million biletdan 840.000 mingtasi pandemiya tufayli qaytarib berilgan. Oʻtkaziladigan lotereya oʻyini joriy qilinadigan tizim asosida aynan shu chipta sohiblari oʻrtasida oʻtkaziladi. Lotereyada gʻolib chiqqanlar 6-iyulda, yaʼni Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanishiga 17 kun qolganda eʼlon qilinadi.
Lotereyada yutib chiqqanlar Olimpiya oʻyinlarining ochilish, yopilish marosimlarida va yengil atletika, beysbol, futbol, golf, zamonaviy beshkurash, regbi-7, softbol va serfing sport turlarini bevosita kuzatish imkoniga ega boʻlishadi.
Har bir sport majmuasiga kiritiladigan tomoshabinlar soni pandemiyadan himoyalanish uchun 50 foizga qisqartiriladi.
Shu oʻrinda aytish joizki, Yaponiyada oʻtadigan Olimpiya va paralimpiya oʻyinlariga xorijiy ishqibozlar qoʻyilmasdan, mahalliy muxlislarga ruxsat berilgan. Tashkiliy qoʻmita axborotida keltirilishicha, COVID-19 bilan bogʻliq ichki vaziyat Yaponiyada yana xuruj qiladigan boʻlsa, barcha tadbirlar tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, yozgi Olimpiya oʻyinlari joriy yilning 23-iyul – 8-avgust kunlari, paralimpiya oʻyinlari esa 24-avgust – 5-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Toʻlqin ROʻZIYEV.