Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha terma jamoa a’zosi va bayroqdori Nurxon Qurbonova samolyotda ularga yaqin masofada bo‘lganligi bois bu sportchiga ham Xalqaro paralimpiya tashkiliy qo‘mitasi hamda Yaponiya hukumati talablariga muvofiq karantin ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Shu sababli N.Qurbonova bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadigan ochilish marosimida bayroqdor sifatida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilamiz.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan parakanoe bo‘yicha Jahon chempioni Shahnoza Mirzayeva Muxammad Rixsimov bilan birgalikda bayroqdor sifatida ishtirok etishi taklifi ma'qullandi.