Oʼzbekiston Milliy olimpi qoʼmitasi xabariga koʼra, yigʼilishda Aziz Abduhakimov sportchilarimizga hozir har qachongidan koʼproq ahamiyat qaratish, ularning salomatligi, tayyorgarlik jarayonini kuchli nazoratga olish haqida toʼxtalib oʼtdi.

“Federatsiya mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari bilan bogʼlanib, ularning oilasidagi sharoitlarini oʼrganish kerak. Hozir ularning oilasida muammo boʼlmasligi shart. Vazirlar Mahkamasi ham bu borada amaliy yordamga tayyor. Sportchilarimiz davlatimizning ruhiy qoʼllab-quvvatlashini, eʼtiborini yana-da kuchli his qilishsin. Ulardan natija talab qilishdan oldin, yetarlicha eʼtibor qaratib qoʼyishimiz kerak. Bizda ularning muammolarini hal qilishdan boshqa asosiy ishimiz yoʼq hozir. Ayniqsa, para-atletlarimizga ham alohida yondashish lozim”, – dedi A.Аbdurahmonov.

Shuningdek, Rustam Shoabdurahmonov boʼlajak Olimpiadaga olib borilayotgan rejalar boʼyicha fikr bildirdi.
“Turizm va sport vazirligi, federatsiyalar bilan birga Tokioga ketishdan oldin kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ayniqsa, tayyorgarlik doirasida har bir sportchimizga alohida individual reja qilinmoqda. Mutasaddilarimiz atletlarimiz ishtirok yetayotgan litsenzion musobaqaga borib, ularga dalda berishmoqda, qoʼllab-quvvatlashmoqda. Barcha masalalarimiz hukumatimiz tomonidan hal qilingan. Birgalikda ishlab chiqilgan rejalar asosida ish olib boryapmiz”, – dedi MOQ raisi.
Yigʼilish davomida sportchilarimizni koronavirus infeksiyasi va taʼqiqlangan dori vositalaridan saqlash, safarda doimo karantin talablariga qatʼiy rioya qilish, mashgʼulotlarga halal bermagan holda litsenziatlarimizni ruhlantiruvchi motivatsion roliklar va turkum koʼrsatuvlar tayyorlash boʼyicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Xalqaro Olimpiya kuniga tayyorgarlik koʼrish, uni yuqori saviyada tashkil yetish orqali ommaviy sport targʼibotini kuchaytirish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.