Hamyurtimiz Muxtasar Tohirova pnevmatik miltiqdan 10 metr masofadan va 50 metr masofadan 3 holatda o‘q otish dasturlarida kvalifikatsion davrda to‘plagan yuqori ballari uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining litsenziyalariga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, sportchimiz litsenzion davrdagi 2019-yil Qatarning Doxa shahrida o‘tgan Osiyo chempionati va Germaniyaning Zul shahrida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yuqori natijani qayd etgan edi. Bu yil ham Qozog‘istonda o‘tgan xalqaro musobaqada 10 metr masofada kechgan dasturda g‘alaba qozongan.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi delegatsiyamiz hisobiga yana 2 ta litsenziyani taqdim qilmoqda.