Mamlakatning aksariyat hududlarida issiq ob-havo hukmronlik qilmoqda. Tokioga qo'shni Kanagava va Tiba prefekturalarida havo harorati 28,1 darajaga yetdi. Kofuda – 28,4 darajagacha ko'tarildi. Bu haqda Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.

8-noyabrdan boshlab Tokioda havo harorati pasayib, bir haftadan so'ng o'rtacha kuzgi me'yorga yetishi kutilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.