Xabarda aytilishicha, 23-avgustda oʻtkaziladigan “Seiko oltin gran pri” musobaqasida yengil atletika boʻyicha oʻziga xos rekordlar qayd etgan yaponiyalik sobiq sportchilar, amaldagi chempionlar, Yaponiya yengil atletikasining ertangi yosh yulduzlari boʻlgan maktablararo bahslarning gʻolib yoshlari hamda Yaponiya sport klublarida faoliyat koʻrsatayotgan Efiopiya va keniyalik sportchilar ishtirok etadi.
Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvim rejasi asosida tashkil etilayotgan musobaqada Osiyo oʻyinlarining amaldagi gʻolibi Yuki Koyke, yengil atletika boʻyicha birinchi shaxsiy rekord oʻrnatgan yaponiyalik sportchi, qitʼa chempioni Yoshixide Kiryu, Rio olimpiadasining kumush medal sovrindori Aska Kembridj kabi jahon yengil atletikasining nomdorlari qatnashishi kutilmoqda.
Toʻlqin ROʻZIYEV.