Tomorqa xo'jaliklari uchun texnikaga bojxona bojlari nol` stavkada to'lanadi

    Agrosektor 2 Iyul 2020 2449

    Davlat tomonidan aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari qabul qilindi (30.06.2020 yildagi PQ-4767-son qarorga qarang).

    2020-yil 1-yanvarga qadar olib kelinadigan quyidagi texnikalarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangan (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlardan tashqari):

    • avtomobil refrijeratorlari (TIF TN kodi 8716 39 300 2);
    • motokultivatorlar (8432 29 100 0);
    • inkubatorlar va bruderlar (8436 21 000 0);
    • bir oʻqli traktorlar (8701 10 000 0);
    • mini-traktorlar (8701 91 100 0 – 8701 94 100 0).

    Mamlakatimizning barcha qishloq tumanlarida faoliyat yuritayotgan “Tomorqa xizmati” MCHJga qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va realizatsiya qilishda fermer, dehqon va tomorqa egalariga amaliy koʻmak koʻrsatish maqsadida qoʻllab-quvvatlanadi. Jamiyatlarga issiqxona, sovitkichli omborxonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun yer maydonlari, shuningdek aholi gavjum punktlarda maxsus savdo maydonlari ajratiladi. Natijada tomorqalarga kafolatlangan koʻchat va urugʻlarni yetkazib berish, mahsulotlarni sotishni tashkil qilish mumkin boʻladi.

    Shuningdek quyidagilar nazarda tutilgan:

    • aholini tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun kichik hajmli sovitkichlar (20-30 tonnali) barpo etish uchun kredit ajratiladi;
    • tomorqa yer egalariga – bir yilda 2 mln soʻmgacha miqdorda, shu jumladan 3 oylik imtiyozli davr bilan MBning asosiy stavkasi boʻyicha 4%lik bank marjasini hisobga olgan holda mikrokreditlar ajratiladi. Ular Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz onlayn tarzda rasmiylashtiriladi.

    Oʻz navbatida, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan:

    • 2023-yil 1-yanvarga qadar “Tomorqa xizmati” MCHJ hamda qishloq xoʻjaligi kooperativlariga beriladigan kreditlar boʻyicha kredit summasining 50%igacha, biroq 3 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan hajmda kafillik beriladi;
    • fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MCHJ va qishloq xoʻjaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigacha qoplab beriladi.

    Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tomonidan kamida 30 ta aholi tomorqalarini sugʻorish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash xarajatlarining 70%ini, biroq 120 mln soʻmdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratiladi. Keyinchalik har yili (1-aprel va 1-avgustga qadar) suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarni burgʻulash manzilli dasturi shakllantiriladi va tasdiqlanadi, loyiha tashabbuskorlariga subsidiyalar quyidagicha moliyalashtiriladi:

    • 2020-2021-yillarda – Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan;
    • 2022-yildan boshlab – Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 1.07.2020-yildan kuchga kirdi.

    Oleg Zamonov.