Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qaroriga koʻra, topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa maʼmuriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi maʼmuriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDYo organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.
Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tugʻilganligini qayd etish haqidagi arizada bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va boʻyi haqidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilishi zarur.