Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi sessiyasida maʼlum qilingan.

Taʼkidlanishicha, 2020 yilning oʼtgan 9 oyi mobaynida Samarqandda viloyat bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markazi “Kardioxirurgiya” boʼlimida 270 nafar tugʼma va orttirilgan yurak nuqsoni boʼlgan bolalarda jarrohlik amaliyotlari bajarilgan.

Jarrohlik amaliyotidagi zarur boʼlgan materiallarini xarid qilish uchun 1 milliardga yaqin mablagʼ byudjet hisobidan taʼminlangan.

Markazga bu yil mahalliy byudjet hisobidan 5 milliard soʼm mablagʼ evaziga zamonaviy angiograf apparati olib kelib oʼrnatilgan.

Moskva shahridagi А.Bakulev nomidagi “Yurak-qon tomir xirurgiyasi” ilmiy markazida shu soha boʼyicha klinik ordinaturani oʼtagan va ikki yil davomida ishlagan vatandoshlarimiz(angioxirurglar) doimiy ishlash uchun markazga taklif etilgan.