To'raqo'rg'on issiqlik elektr stansiyasi ham quyosh panellarini ishga tushirdi

    Stansiya o'z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga shartnoma asosida sotmoqda.

    To'raqo'rg'on issiqlik elektr stansiyasida o'z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stantsiyasi foydalanishga topshirildi. Bu haqida Energetika vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

    Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida elektr stansiyasida yiliga qo'shimcha 1,9 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

    E'tiborlisi, elektr stansiyasi o'z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga shartnoma asosida sotmoqda.