Oila “Temir daftar”ga kiritilgan boʻlib, hokimlik, ovul fuqarolar yigʻini va homiylar tomonidan doim qoʻllab-quvvatlanib kelmoqda.
Sektor rahbarlari, ovul oqsoqollari va homiylar harakati bilan oilaning yashash joyi qayta qurildi. Bunda “Ali Egam presstije” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Ali Egamberdiyevning salmoqli ulushi bor. Xonadon juda eskirgan. Uni qayta tiklashga oila aʼzolarining qurbi yetmaydi. Chunki, oilada 65 yoshli nogiron Saparboy bilan uning 80 yoshli onasi yashaydi.
Koʻpchilikning koʻmagi bilan yaxshi niyatlarda boshlangan ish bugun yakun topdi. Yangi imoratga koʻchib oʻtish ham katta bayramga aylanib ketdi.