Bu xayrli tashabbus Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi “Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida amalga oshirildi.
Buning uchun fond, uning tuman va shahar bo'linmalarida huzurida ochilgan saxovat va ko'mak jamg'armasi hisobidan 264 million 500 ming so'm mablag'i yo'naltirildi. Bu bilan fond xodimlari cheklanib qolmaydi. Ular xayriya va saxovat tadbirlarini yil davomida va kelayotgan 2023-yilda ham davom ettiradi, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati.