Tadbir davomida tuman hududida yashovchi fuqaroning xonadonidan bir dona gugurt qutisiga joylangan, ogʻirligi 1,21 gramm “geroin” giyohvandlik vositasi aniqlandi.

Mazkur hududda oʻtkazilgan yana bir holatda esa boshqa bir shaxsning yashash xonadonidan ogʻirligi 82,3 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi topildi. 

Ushbu narkotik moddalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi va holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.