Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida yuqoridagi holat Denov tumani "Yangikuch" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar Ҳ.Н. va М.Н. tomonidan joriy yilning aprel oylari boshlarida sodir etilganligi maʼlum boʻldi. Yaʼni H. N. ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylash uchun mahallasidagi dashtlikdan toshbaqani ushlab, nos chektirgan.
Hozirda holat yuzasidan ikki nafar fuqaroning har biriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasiga asosan BHMning 3 barobari – 1 million 20 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.