“Toshkent – 2025” yoshlar Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari I muvofiqlashtirish komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

    Unda Oʻzbekiston sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova, Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Toshxoʻjayev va boshqalar ishtirok etdi.

    Yigʻilishda Osiyo paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashid boshchiligidagi rasmiy delegatsiya vakillari mazkur kompleks musobaqalar oldidan koʻrilayotgan umumiy tayyorgarlik, tashkiliy ishlar boʻyicha soʻz yuritdi.

    Shuningdek, kompleks musobaqaga olib borilayotgan katta hajmdagi hozirlik, oʻyinlar dasturiga kiritiladigan sport turlari va ular oʻtkaziladigan obyektlar, delegatsiyalarning taxminiy soni, transport-logistika masalasi, antidoping, viza, aviaqatnovlar va shu kabi tashkiliy mavzular haqida atroflicha maʼlumot berildi.

    Tadbir soʻngida Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashid boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Paralimpiya shaharchasiga tashrif buyurib u yerda olib borilayotgan qurilishi ishlari bilan tanishdi.