Toshkent – Kiyev aviaqatnovi tiklanmoqda!

    Transport 17 Sentabr 2021 717

    26-sentyabrdan boshlab, «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklamoqda. Rejaga muvofiq qatnov haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

    Toshkent – Kiyev yo‘nalishida aviachipta 2 234 655 so‘mdan (bagajsiz) va 2 575 535 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda), Toshkent – Kiyev – Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar esa 4 205 223 so‘mdan (bagajsiz) va 4 836 482 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda) boshlanadi.

    Narxlar 16.09.2021 holatiga ko‘ra koʻrsatilgan.

    Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.