“Uzbekistan Airways” “Toshkent — London” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reys ochilganini maʼlum qildi.
Aviatashuvchi “Heathrow Airport” ayeroportiga reyslardan tashqari “London Gatwick Airport ” ayeroportiga reyslarni yoʻlga qoʻyadi.
Parvozlar 7-apreldan boshlanib, har yakshanba kuni amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali (har ikki ayeroport uchun mahalliy vaqt):
- Toshkentdan uchish — 10:55, Londonga kelish — 14:35;
- Londondan uchish — 16:10, Toshkentga yetib kelish soat — 03:00.
Milliy aviakompaniya 2021-yil avgust oyida COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin Buyuk Britaniya poytaxtiga parvozlarni qayta tikladi.
Hozirda shaharlar oʻrtasida haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari parvozlar amalga oshirilmoqda.