баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    “Toshkent – Nukus – Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 27 Iyul 2021 176

    Yoʻlovchilarga yana-da koʻproq qulaylik yaratish maqsadida, 2021-yil 31-iyuldan boshlab, “Toshkent – Nukus – Toshkent” yoʻnalishida 154/153 sonli qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Harakat jadvaliga koʻra “Toshkent – Nukus” yoʻnalishidagi 154 — sonli yoʻlovchi poyezdi har haftaning shanba kuni soat 20:13 da Toshkent janubiy temir yoʻl vokzalidan,

    “Nukus – Toshkent” yoʻnalishidagi 153- sonli yoʻlovchi poyezdi har haftaning yakshanba kuni soat 18:40 da Nukus temir yoʻl vokzalidan qatnovini amalga oshiradi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼlumotga tayanib.

    Shuningdek, xabar orqali qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkinligi maʼlum qilingan.