Shu yilning 14-fevral kuni Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev, Janubiy Koreyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon, Koreya Eksimbank vakolatxonasining Toshkentdagi rahbari Sangjin Kang, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisining birinchi oʻrinbosari Xikmatulla Raxmetov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar masʼul xodimlari va Koreya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida “Toshkent – Samarqand” yoʻnalishida yuqori tezlikdagi alohida yoʻlovchi tashish temir yoʻlini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish davomida Koreya kompaniyalari vakillari tomonidan loyiha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Uchrashuvda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishining amaliy bosqichiga oʻtish uchun asos boʻlgan tegishli hujjatlar imzolandi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini Korea Eximbank”ning grant mablagʻlari hisobidan “Saman Engineering”, “Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co., Ltd”, “Korea Railroad Corporation” va “Korea National Railway” kompaniyalari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishilgan.