Milliy olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga kщra, Oʻzbekiston hamda Osiyo Olimpiya Kengashi oʻrtasida musobaqaning oʻtkazilishi borasida shartnoma imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, MOQ Bosh kotibi, “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo oʻyinlari direktori Oybek Qosimov, Toshkent shahar hokimligi vakillari, boshыa rasmiy kishilar qatnashdi.
Toshkentning 2025-yilgi yoshlar Osiyo oʻyinlarini qabul qilishi yuzasidan tuzilgan shartnomaga OOK prezidenti Shayx Ahmad Ah Fahad Al Sabax, OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov hamda Toshkent shahar hokimligi vakili Izzatbek Joʻrayev imzo chekdi.
Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari yangi Oʻzbekistonning qay darajada rivoj topayotganini jahon hamjamiyatiga koʻrsatish uchun qulay imkoniyatdir. Ushbu musobaqa davomida yurtimizga 5 ming nafardan ziyod mehmon kelishi kutilmoqda.