Toshkent badiiy gimnastika yulduzlarini qabul qiladi

    Sport 21 Aprel 2025 661

    Shu yilning 25–27-aprel kunlari poytaxtimiz Toshkent yana bir yirik musobaqa — badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi.

    Qayd etilishicha, bu yilgi bahslarda 26 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib boradi.

    Musobaqa gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi maydonida boʻlib oʻtadi. Tantanali ochilish marosimi 25-aprel kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli startga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Unda mamlakatimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi.

    Yakkalik bahslari:

    • – Taxmina Ikromova
    • – Anastasiya Saranseva

    Guruh mashqlari:

    • – Evelina Atalyans
    • – Maftuna Zoirova
    • – Adelya Fayzulina
    • – Mumtozabonu Isʼhoqzoda
    • – Amaliya Mamedova
    • – Irodaxon Sodiqova