Bu haqda Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida maʼlum qilindi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) dan oʻtkaziladi.
Bunda talabgorlarga har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirigʻi va ularni ishlash uchun 2 soatu 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
Chet tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili boʻyicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin boʻlgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2 ta mutaxassislik fani uchun 1 soatu 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 207,5 ball boʻlib, mutaxassislik fanlari boʻyicha har bir togʻri javob uchun 3,1 balldan (jami 155 ball), chet tili fani boʻyicha esa 2,1 balldan (jami 52,5 ball) beriladi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 18-avgust kuni 15:00 dan boshlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin boʻladi.
Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 18:30 dan kechikmagan holda kelishlari soʻraladi.