Hozirgi kunda institutda sall-center va konsultatsiya xonalari tashkil etilib, telefon apparatlari, kompyuterlar, televizor va vay-fay qurilmalari bilan jihozlangan.

Institut rasmiy veb saytida qabul jarayonlari bo‘yicha zarur ma'lumotlar joylashtirilyapti.

Toshkent farmatsevtika institutiga kirish test sinovlari  2 ta  — kimyo va biologiya fanlaridan bo‘lib o‘tadi. Kimyo fanidan har bir test savoliga to‘g‘ri javob uchun – 3,2, biologiya fanidan esa – 3,1 ball beriladi.

Shuningdek, Toshkent farmatsevtika institutining Magistratura bosqichiga qabul kvotalari ham tasdiqlangan. 6 ta mutaxassislik bo‘yicha jami 78 ta, shundan 13 ta davlat granti va 65 ta to‘lov kontrakt asosida qabul qilish belgilangan.

Joriy o‘quv yilidan boshlab yangi “Eksperimental va sport farmakologiyasi” mutaxassiligi ochildi va unga 10 nafar magistrant qabul qilinadi.