Bu muloqot — 30-yil oldin qabul qilingan Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasining davomidir. Unda 189 davlat ayollar huquqi va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yoʻnalishlarni belgilagan edi. 30-yil oʻtgach, bu gʻoyalar Toshkentda yana qayta jonlanmoqda.
Bugun mamlakatimiz Markaziy Osiyoda ayollar huquqini himoya qilish va tenglikni taʼminlash boʻyicha yetakchi davlatga aylandi.
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar buni isbotlaydi:
- 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi;
- minglab xotin-qizlar tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqda;
- oliy taʼlimda qizlar uchun ajratilgan kvotalar kengaytirildi;
- zoʻravonlikka qarshi huquqiy himoya tizimi mustahkamlandi.
Ushbu muloqot shunchaki yigʻilish emas. Bu — ayollar oʻz ovozini eshittira oladigan, yangi qarorlar va imkoniyatlar paydo boʻladigan muhim platfomadir.
Tadbir yakunida qabul qilinadigan Markaziy Osiyo ayollari Deklaratsiyasi kelgusi yillarda mintaqada gender tenglik boʻyicha aniq yoʻl xaritasini belgilaydi.
Oʻzbekiston bugun nafaqat tadbir mezboni, balki ayollar salohiyatini qadrlaydigan, ularga ishonadigan davlat sifatida namoyon boʻlmoqda.