Toshkent metropoliteni poyezdida havo yetishmasligidan yoʻlovchi hushidan ketdimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni poyezdida yoʻlovchilardan biri tiqilinch holat sabab hushidan ketib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

    Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

    Qayd etilishicha, voqea bugun, 22-sentyabr kuni soat 08:30 lar atrofida Chilonzor» yoʻnalishining “Novza” bekati tomon harakatlanayotgan harakat tarkibida yuz bergan. Unda yoʻlovchilardan birida holsizlik holati kuzatilgan.

    Shu boisdan harakat tarkibi bekatga yetib kelgach, bekatdagi xodimlar tomonida unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va ushbu yoʻlovchi navbatdagi harakat tarkibida oʻz manzili tomon ketgan.

    «Maʼlumot tariqasida taʼkidlash joizki, ushbu yoʻlovchida hushdan ketish holati emas holsizlik holati kuzatilgan», deyiladi rasmiy izohda.