Bu haqda “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda taʼkidlanishicha, agar tajriba oʻzini oqlasa, boshqa bekatlarda ham bu loyiha tadbiq etiladi. Shuningdek, yangi qurilayotgan metro bekatlarida esa yoʻlovchilar uchun qator qulayliklar boʻlishi loyihalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, dunyoning aksariyat metropolitenlarida hozirgi kunda hojatxona hamda ona va bola xonalari mavjud emas. Faqat Tokio metropolitenida bunday imkoniyatlar yaratilgan. Sababi Tokio metropolitenida 300 ga yaqin metro bekatlari mavjud boʻlib, umumiy uzunligi esa 300 kmdan ortiq. Tokio metrosidan foydalanuvchi yoʻlovchilar bir manzildan boshqa bir manzilga borishi uchun oʻrta hisobda 2-3 soat davomida metro xizmatidan foydalanishadi.

Toshkent metropolitenida esa yoʻlovchilar eng uzoq manzilga oʻrta hisobda 40-50 daqiqa atrofida yetib boradi.