“Toshkent metropoliteni“ DUKning maʼlum qilishicha, nosozlik aniqlangandan soʻng, belgilangan yoʻriqnomaga asosan, yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezd harakati “Ming oʻrik“ — “Yunus Rajabiy“ bekatlari oraligʻida toʻxtatilgan.

Shundan soʻng mashinist tomonidan tezkor koʻrilgan chora-tadbir natijasida 3 daqiqa ichida harakat tarkibidagi nosozlik bartaraf etilgan va poyezd harakatini davom ettirgan, — deyiladi xabarda.