Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kattalar oʻrtasidagi ushbu dunyo birinchiligi 6-12-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “Humo Arena” saroyida oʻtkaziladi. 13-oktyabr kuni esa jamoaviy bahslar boʻlib oʻtadi.

Shu oʻrinda yana bir yangilikni aytib oʻtishimiz kerak, bu yil oʻzbek dzyudosining 80 yilligi ham keng nishonlanadi.