Qaror prezidentning 2023-yil 28-avtgustdagi farmoni asosida qabul qilingan.
Quyidagilar mazkur davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
- Oʻzbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar hokimining tegishli hujjatlari asosida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
- Koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʼminlash;
- Birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini taʼminlash, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
- Obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- Loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini taʼminlash;
- Loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari boʻyicha exnik nazorat olib borilishini taʼminlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish.
Shuningdek, kompaniya koʻp kvartirali uy-joy fondi obyektlarini taʼmirlaydi, modernizatsiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, taʼmirlaydi, modernizatsiya qiladi.
Byudjet tizimi byudjetlari hisobidan koʻp kvaratirali uylarni taʼmirlash bilan bogʻliq barcha tadbirlar boʻyicha ishlab chiqiladigan dasturlar va manzilli roʻyxatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.