Mehmonlarni qarshi olgan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining boshlig‘i Sharof Rahmonov bu birinchi uchrashuv emasligini eslatdi. Bundan oldin hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan va hozir aniq kelishuvlarga o‘tish vaqti keldi. Xususan, mehmonlarga «Texnopark»ning yangi ishlab chiqarish liniyasini moliyalashtirishda ishtirok etish hamda yo‘l va ta’mirlash texnikasini yetkazib berishni kreditlash masalasini ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.
Delegatsiya rahbari, korporativ departament boshlig‘i, boshqaruv raisining o‘rinbosari Mixail Avtuxov «Sovkombank» rahbariyati Toshkent bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Ishlab chiqarishga investitsiya kiritishdan tashqari mehmonlar ijtimoiy loyihalar bilan, masalan, infratuzilmani yangilagan holda ijtimoiy uy-joy qurilishiga qiziqish bildirmoqda, hamda bu boradagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Uchrashuv yakunida ikkala taraf bugunning o‘zida «Texnopark» bilan ilk shartnoma tafsilotlarini muhokama qilishga, so‘ngra hamkorlikni kengaytirib, boshqa faoliyat sohalariga o‘tishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.