"Saxiyev Abduvaxob 2018-yildan buyon Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. Uning oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondoshuvi, mehnatsevarligi va faolligidan doimo mamnun boʻlganmiz. Bugun unga ushbu masʼuliyatli lavozimni ishonib topshiryapmiz.

A.Saxiyev yangicha innovatsion gʻoyalar, keng dunyoqarash va katta shijoat bilan sanʼat va madaniyat rivojiga salmoqli hissa qoʻsha olishiga umid bildiramiz va uning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz," deydi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.