Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026-yilda jami 3 trillion 300 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qoʻshimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga oʻtkazish boʻyicha ham katta loyihalar boshlanadi.
Poytaxtimiz, viloyat markazlari va shaharlarda “yashil” hududlarni koʻpaytirish uchun sugʻorish, drenaj tizimlarini qayta tiklash zarurligi taʼkidlandi.
Buning uchun 160 million dollarlik katta dastur doirasida Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar taʼmirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.