Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “L.S.G.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining aholi gavjum hududlarida 7 ta “Hotdogger” nomli koʻchma savdo shoxobchalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulab, jami 1,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.