Shular jumlasidan:

1. 1991-yilda tugʻilgan Abdullayev Axror Ravshan oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini oʻtkazish);

2. 1984-yilda tugʻilgan Maxmudxodjayev Saidaxmadxon Saidalimovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 276-moddasi 2-qismi, koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

3. 1993-yilda tugʻilgan Xolmurodov Sunnatilla Choriyevich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi, ogʻir tan jarohati yetkazish).

Ushbu shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Shuningdek:

4. 1982-yilda tugʻilgan Xodjayev Abbosxon Axmadovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

5. 1987-yilda tugʻilgan Muxamedjanov Azlarxon Botirovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);

6. 1984-yilda tugʻilgan Rustamov Umid Kamanjanovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini oʻtkazish)lar

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.