баннер
18 Mar 2025
16:05

    Toshkent shahrida isitish mavsumi 18-martdan yakunlanadi

    Gidrometeorologiya markazining prognoziga koʻra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20-22°C, kechasi esa +10°Cdan yuqori boʻladi.

    Toshkent shahrida 2024-2025-yillardagi isitish mavsumi rasman 2025-yil 18-martda yakunlanishini maʼlum qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, soʻnggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18-19°C va undan yuqori, kechalari esa +8°C dan pastga tushmayapti. Gidrometeorologiya markazining prognoziga koʻra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20-22°C, kechasi esa +10°Cdan yuqori boʻladi.

    Ayni paytning oʻzida ham poytaxtda oʻrtacha sutkalik harorat +12-13°C dan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan meʼyorlarga mos keladi.

    Eslatib oʻtamiz, belgilangan meʼyorlarga koʻra, isitish mavsumi oʻrtacha sutkalik havo harorati +8°C dan yuqori boʻlgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab tugaydi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech