Toshkent shahrida isitish mavsumi qachon boshlanadi?

    Urbanizatsiya 25 Oktabr 2023 1570

    Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda aholidan isitish mavsumi boshlanishi bilan bogʻliq bir-biriga qarama-qarshi fikrlar koʻpaymoqda.

    Shahar hokimligining maʼlum qilishicha, mavsum Gidrometeorologiya xizmati agentligidan tavsiya olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.

    “Isitish mavsumining boshlanishi jiddiy jarayon boʻlib, biz bunga bor masʼuliyatimiz bilan yondashamiz.

    Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8 darajadan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.

    Toshkent shahri aholisidan vaziyatga toʻgʻri baho berib, sabr qilishlarini soʻraymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini maʼlum qilamiz, deyiladi xabarda.