Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 2-aprelda Toshkent shahar hokimining Veolia Energy Tashkent MCHJ XK tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlash toʻgʻrisida«gi qarori qabul qilingan.
Maʼlumot uchun, issiqlik taʼminoti va issiq suv xizmatlari uchun yangi tariflar isitish mavsumi tugagan kundan bir kun oʻtib, yaʼni 27-martdan emas, balki Toshkent shahar xokimining tegishli qaroriga asosan 2024-yil 2-apreldan kuchga kirdi.
“Agar siz 27-martdan 2-aprelgacha issiqlik taʼminoti va issiq suv xizmatlari uchun oshirilgan stavkalarda toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsangiz, toʻlangan oshiqcha summa avans sifatida hisobga olinishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.