Unda poytaxtimizda kasallik tarqalishining oldini olishni ko'zda tutuvchi bir qator nazorat choralari ko'rilishi belgilandi.

Xususan, Toshkent shahridagi barcha qurilish obe'ktlarida, o'sha yerning o'zida vaqtincha yashab ishlayotgan quruvchi va ishchilarni sanitariya-epidemiologiya tartiblariga qat'iy rioya etishi yuzasidan nazorat kuchaytiladi.

Shuningdek, transport xizmati sifatini oshirish, haydovchi va yo'lovchilar sog'ligini himoya qilishni ta'minlash maqsadida yo'nalishsiz taksilar uch tildagi (o'zbek, rus, ingliz tillaridagi) “xavfsiz taksi” maxsus belgisi bilan bepul ta'minlash amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda yo'nalishsiz taksilarning quyidagi:

- haydovchining niqobda bo'lishi;
- kiyinish madaniyatiga rioya qilishi;
- avtomobilda antiseptik vositalarning mavjudligi;
- avtoulov salonining tozaligi va dezinfeksiyadan o'tganligi kabi talablarga rioya etishlari hisobga olinadi.