Xususan, respublikamiz poytaxti tomon harakatlangan, Fargʻona viloyatida yashovchi, 1978-y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina Toshkent viloyatining “Chinor” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada avtomashinada 1196 dona “Tropikamid”, 5544 dona “Regapen” va 56 dona “Lirika” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1992-y.t. fuqaro qoʻlga olindi.
Bundan tashqari, Qirgʻiziston Respublikasidan olib kelingan ushbu dori vositalarini Toshkent shahriga berib yuborgan, Namangan viloyatida yashovchi, 1982-y.t. shaxs ham Andijon viloyatida ushlanib, uning “Neksiya” rusumli avtomashinasida boʻlgan 1002 dona “Tropikamid” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Boshqa bir tezkor tadbirda esa poytaxtimizning Yangihayot tumanida harakatlanayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1975-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasida boʻlgan 495 dona “Tropikamid” dori vositalari oʻrnatilgan tartibda olib qoʻyildi. Shuningdek, ushbu dori vositalarining egasi - Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1992-y.t. shaxs qoʻlga olindi.
Uchtepa tumanida yashovchi, 1995-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinadan esa 1680 dona “Regapen” dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
DXX xodimlarining shahar IIBB va bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirida esa Namangan viloyatida yashovchi, 1987-y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashina Shayxontohur tumani hududida toʻxtatildi va unda 198 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlandi.
Shuningdek, ularni sotib olmoqchi boʻlgan, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi, 1965-y.t. shaxsning yashash xonadonidan 50 dona “Tropikamid” va 56 dona “Regapen” dori vositalari olindi.
Yunusobod tumanida qayd etilgan holatda “marixuana” giyohvandlik vositasi hamda “mefedron” sintetik moddasi tayyorlovchi narkolaboratoriya tashkil qilgan 1991 va 1993-yillarda tugʻilgan ikki fuqaro qoʻlga olindi. Taʼkidlash lozimki, ular narkotik moddalarni “Telegram” messenjeridagi maxsus guruhlar orqali sotish bilan shugʻullanishgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.