Toshkent shahri Turizm departamenti rahbarining oʻrinbosari Furqat Najimovning qiziqarli taklifi tinglandi. U poytaxtda ichki turizmni rivojlantirishni taklif qildi. Zero, koʻp hollarda bir tuman aholisi boshqa tumandagi qiziqarli joylardan bexabar.
Shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish uchun tumanlar oʻrtasida kichik guruhlar (balki, pandemiya talablari inobatidan, 10 kishilik guruhlar boʻlar) bilan almashish mumkin. Gʻoya qoʻllab-quvvatlandi va shu zahoti uchrashuv ishtirokchilarining birinchi navbatda kam taʼminlangan oilalar va kam harakatli fuqarolarni jalb qilish takliflari bilan boyitildi.
Shuningdek, tashkilotchi va gid sifatida turizm kolleji oʻquvchilarini ishga solish taklif etildi – bu ular uchun yaxshigina amaliyot boʻlardi. Yana, Furqat Najimov maktablarda sinf darslarining bir qisimni (umumiy dasturga zarar yetkazmagan holda) oʻquvchilarni turizm bilan biznesning, jamoat hayotining madaniy va maʼrifiy qismi sifatida tanishtirish uchun foydalanishni taklif qildi.
Bundan tashqari, yaqinlashib kelayotgan Xalqaro turizm kuni (27-sentyabr)ni nishonlash takliflari yangradi. Jamoatchilik kengashi muayyan tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida ichki turizm boʻyicha takliflar uchun ochiq.
UJKX va innovatsion rivojlanish komissiyasi aʼzosi Temur Ahmedov 19-sentyabrda Xalqaro ozodalik kunini oʻtkazishga tayyorgarchilik haqida soʻzlab berdi. Alohida qayd etildiki, aksiyadan maqsad shunchaki belgilangan uchastkadagi chiqindilarni tozalash uchun bir nechta odamlarni yigʻish emas, balki har kimning oʻziga yaqin hudud uchun nimadir qilishi – supurishi, chiqindilarni yigʻishtirishi, qoʻni-qoʻshni, doʻstlarni jalb qilishi taklifini ilgari surishdir.
Shuningdek, tashkiliy masala – Jamoatchilik kengashi qurilish boʻyicha ekspertlar guruhining takliflari kiritilgan xatni chop etish masalasi ham koʻrildi.
Takliflar va tavsiyalarni oʻz ichiga olgan xat yaqin orada eʼlon qilinadi.
Faol hayot pozitsiyasiga ega barcha shahar ahlini Jamoatchilik kengashi faoliyatida qatnashishga taklif etishimizni eslatib oʻtamiz.