Toshkent shahrida yana 6 nafar shaxs jinoyatchilikda gumonlanib qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 18 Dekabr 2023 1113

    Poytaxt IIBB firibgarlik va tovlamachilikda gumonlanib olti nafar shaxs qoʻlga olinganini maʼlum qilib, ushbu shaxslardan jabr koʻrgan fuqarolar tegishli joylarga xabar berishini soʻradi.

    Taʼkidlanishicha, Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan shaxslar ushlandi.

    Ushbu shaxslar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:

    1. 1988-y.t. Islamov Otabek Shuxratovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi tovlamachilik; 168-moddasi firibgarlik);
    2. 1988-y.t. Salimbekov Azamat Avazjonovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
    3. 1988-y.t. Minovarov Shuxrat Akbarovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik, 168-modda firibgarlik);
    4. 1992-y.t. Minovarov Shovkat Akbarovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
    5. 1977-y.t. Urazov Marat Pulatovich (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi, koʻp miqdorda firibgarlik);
    6. 1992-y.t. Isaxunov Abduqodir Toxir oʻgʻli (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik, 168-moddasi firibgarlik).

    Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.