Qayd etilishicha, 11-iyul kuni soat 22:29 da Toshkent shahar Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 14 qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:54 da o‘rab olingan va 23:06 da yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.