Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrining energiya taʼminoti tizimiga 152 ta transformatordan iborat 82 ta podstansiya kiradi.

Shuningdek, toʻrt mingtadan koʻp elektr taʼminoti korxonasi va uch mingdan ortiq isteʼmolchilar balansidagi transformator punktlari hamda qariyb 8,5 ming kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi.

Podstansiyalardagi 56 ta transformator va 1 ming 883 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari 40 yildan ortiq vaqt davomida ishlab turibdi. Podstansiyalardagi transformatorlarning 36 foiz hamda elektr uzatish tarmoqlarining 24 foizi 25 yildan 40 yilgacha boʻlgan davrda ekspluatatsiya qilinmoqda.