Shundan soʻng, butun respublika boʻylab toʻsib ushlash tadbiri eʼlon qilindi. Koʻp vaqt oʻtmay, Toshkent viloyati IIBB YHXB hodimlari O.Nurunboyev va Z.Yormatov tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida qidiruvga berilgan davlat raqam belgisi 01 X 203 ZA boʻlgan havo rangli “Matiz” avtomobili ushlandi.
Ushbu avtotransport vositasi ushlangan vaqtda olib qochgan shaxs mast holdaligi aniqlandi. Shundan soʻng haydovchi va avtomobil Ohangaron shahar IIBga topshirildi.
Toshkent viloyati IIB YHXB Axborot xizmati