Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

    Issiq suv ta’minoti ta’mirlash ishlari tugallanishi bilanoq (soat 21:00 gacha) tiklanadi.

    Isitish magistralidagi nosozliklarni bartaraf etish va tegishli jihozlarni almashtirish bo‘yicha avariyaviy ishlarni olib borish zarurati munosabati bilan bugun quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

    M. Yusuf, Buyuk Ipak yo‘li, Mirxosilboy, Bo‘z-7, Olchabog‘, Qibray, M. Ulug‘bek, Parkent, Sayram, Bo‘z, Musavvirlar, Lashqarlar, Qalandar, Chust, Bo‘z bozor 7-tor, Bo‘z (Demokratik) ko‘chalari.

    Issiq suv ta’minoti ta’mirlash ishlari tugallanishi bilanoq (soat 21:00 gacha) tiklanadi.

    «Veolia Energy Tashkent» MCHJ XK bu haqda rasman ma’lum qilib, aholidan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.