Shu yilning 26-iyun kuni soat 11:29 da Toshkent shahar Mirobod tumani, “Shimoliy Vokzal” oldidagi yer osti tunelida avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 11:37 da yetib borib, yongʻin soat 11:40 da oʻchirildi.

Aytilgan manzilda “Gentra” rusumli avtomobil yonib zararlangan.