Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, (v. b) professor Sh. Boymurodov hamda “Ishonch” va “ Ishonch — Doveriye” gazetalari Bosh muharriri Husan Ermatov va talabalar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Respublikamizda davom etayotgan “Milliy qadriyatlar sayli” haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan mazkur tadbirning bugungi kun yoshlari tafakkurini boyitishdagi yuksak ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi.
— Akademiyaning talabalar jamoasi ushbu tadbir timsolida milliy qadriyatlarimiz, anʼana va urf odatlarimiz, betakror milliy maʼrifiy mafkuramizga nisbatan cheksiz hurmat va ehtiromlari, maʼnaviy qarashlarini namoyish etmoqdalar, — deydi Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, (v. b) professor Sh. Boymurodov. — Milliy bogʻ markaziy sahnasida yangrayotgan kuy va qoʻshiqlar, goʻzal sheʼriyat lahzalari, kitoblar koʻrgazmasi, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari boʻlajak shifokorlarga milliy qadriyatlarimizning qanchalar katta tarixga ega ekanini koʻrsatmoqda.
Oʻzaro hamjihatlik, millatlararo doʻstlik va bagʻrikenglik tushunchalari milliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Shu maʼnoda Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻpmillatli yoshlar tahsil olayotgan Tibbiyot oliygohlarida biridir.
Tadbir yakunida akademiyaning iqtidorli talabalari tomonidan turli sahna asarlari ijro etilib, badiiy qismga ulanib ketdi.
Hamkorlik materiali