Mazkur marosim doirasida ikki OTM orasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy izlanishlar olib borish hamda diplomdan keyingi ta'limni rivojlantirish masalalari kelishib olindi. Xususan, Sog'liqni saqlashda menejment mutaxassisligi bo'yicha qo'shma magistrlik dasturlarini ochish, Akademiyaning ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish, hamkorlikda mahalliy hamda xorijiy jurnallarda, jumladan, Scopus, Web of Science bazasiga kiritilgan yuqori indeksatsiyaga ega bo'lgan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, ikkala OTM professor-o'qituvchilarini o'zaro seminar va ma'ruzalarni tashkil etish, tibbiy sug'urta tizimini takomillashtirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, imzolangan Hamkorlik Bitimi doirasida o'zaro hamkorlik aloqalarini 2022-2024-yillarda rivojlantirish bo'yicha “Yo'l Xaritasi” tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot xizmati.